Tennis. Nigina Abduraimova xalqaro turnir finaliga yo‘l oldi

Sport

image

Ayni kunlarda Buyuk Britaniyaning Lafboro shahrida tennis bo‘yicha ITF 25 turniri bahslari bo‘lib o‘tmoqda. Musobaqaning birinchi raqamli raketkasi hisoblangan O‘zbekiston vakilasi Nigina Abduraimova turnirning final bosqichiga yo‘l oldi.

Ma’lum bo‘lishicha, Abduraimovaning yarim finaldagi raqibi Yelena Maligina jarohat sabab yarim final bahsida ishtirok etmagan. Shu sababli o‘zbekistonlik tennischi to‘g‘ridan-to‘g‘ri finalda o‘ynaydigan bo‘ldi. 

Finalda Nigina Abduraimovaga britaniyalik Emili Appleton raqiblik qiladi. Appleton WTA reytingida 791-pog‘onani band etgan bo‘lsa. Abduraimova reytingda 167-o‘rinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 oktyabr kuni Lafborodagi musobaqa yakunlanadi. Toshkent vaqti bilan taxminan 14:30 da Abduraimova – Appleton bahsi start oladi.

Shaxzod Shukurov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Tennis

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing