Tennis. Nigina Abduraimova 100 ming dollarlik turnirda ishtirok etadi
Sport
−
01 noyabr 2022
3870O‘zbekistonning birinchi raqamli raketkasi Nigina Abduraimova Britaniyaning Shrusberi shahridagi ITF W100 musobaqada ishtirok etadi. Ushbu musobaqaning sovrin jamg‘armasi esa jami 100 000 dollarni tashkil etadi.
Ilk bosqichda Abduraimova yaponiyalik Misaki Doiga qarshi kortga chiqadi. Hozirgi vaqtda o‘zbekistonlik tennischi WTA reytingida 173-o‘rinni egallab turgan bo‘lsa, Yaponiya vakilasi 150-o‘rinni band etgan.
Shuningdek, Abduraimova musobaqaning juftlik bahslarida ham ishtirok etadi. Polshalik Paula Kaniya-Chodun bilan tandem hosil qilgan Nigina ilk bosqichda ruminyalik tennischilar Monika Nikulesku va Yelena Gabriela Ryuz bilan bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Nigina Abduraimova va yaponiyalik Misaki Doi bahsi ertaga, 2 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 14:00 start oladi.
Shaxzod Shukurov
LiveBarchasi