Tennis: Emma Radukanu sensatsion tarzda US Open g‘olibasi bo‘ldi

Sport

image

Britaniyalik tennischi Emma Radukanu sensatsion tarzda US Open musobaqasida g‘olib chiqdi. U hal qiluvchi bahsda kanadalik Leyla Fernandesni 6:4, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuv 1 soat 51 daqiqa davom etdi.

Radukanu o‘yin davomida ikki marta eys amalga oshirdi va ikkita qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ydi. Fernandes esa ikkita eys va besh marta qo‘sh xato qildi.

Shu tariqa 18 yoshli Emma Radukanu faoliyatidagi birinchi chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. Bunga qadar tennischi WTA reytingida 150-o‘rinni egallab turgandi. Ushbu g‘alabadan so‘ng, u 2,5 million dollar mukofot pulidan tashqari 2000 reyting ochkosiga ega bo‘ladi va 23-pog‘onaga joylashadi. Leyla Fernandesga esa, 1 250 000 AQSH dollari va 1200 ochko taqdim etiladi. 2020 yilda 19 yoshli Fernandes AQSH ochiq chempionatining ikkinchi bosqichida mag‘lub bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu turnirning 2020 yilgi g‘olibi Naomi Osaka hisoblanadi. U finalda belaruslik Viktoriya Azarenkoni mag‘lub etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

US Open Emma Radukanu Leyla Fernandes

Baholaganlar

31

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing