Tennis: Radukanu mavsumni sharmandali mag‘lubiyat bilan boshladi
Sport
−
11 yanvar 2022
2462Ayollar o‘rtasidagi 2021 yilgi AQSH ochiq chempionati g‘olibi, 19 yoshli britaniyalik tennischi Emma Radukanu (WTA reytingida 18-o‘rin) Avstraliyaning Sidney shahrida bo‘lib o‘tgan WTA turnirning birinchi davrasidayoq sharmandali mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Uchrashuvda Qozog‘iston vakilasi Yelena Ribakina (jahon tasnifida 13-o‘rin) 6:0, 6:1 hisobida g‘alaba qozondi. Qarama-qarshilik atigi 56 daqiqa davom etdi.
“O‘yindan so‘ng, to‘plarni olib, darhol mashg‘ulotlar kortiga chiqdim. Menda o‘yin davomida yaxshiroq natijaga erishishim mumkinligini his qildim. Muammolarni darhol hal qilaman va bu yerdan eng yaxshi tuyg‘ular bilan qaytaman”, deydi Radukanu.
Eslatib o‘tamiz, Sidneydagi musobaqaning ikkinchi davrasida Ribakina fransiyalik Karolin Garsiyaga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning sentyabr oyida Emma Radukanu sensatsion tarzda US Open musobaqasida g‘olib bo‘lgandi. U hal qiluvchi bahsda kanadalik Leyla Fernandesni 6:4, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratgan.
LiveBarchasi