Tennis. “Australian open”ning dastlabki kunida nimalar bo‘ldi?

Sport

image

Kecha, 17 yanvar kuni Melburnda (Avstraliya) tennis bo‘yicha “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi ilk turnir – “Australian open” start oldi. 

2021 yilgi musobaqa finalchisi Daniil Medvedev kutilganidek, shveysariyalik Genri Laaksonenni mag‘lub etib 2-davraga yo‘l oldi – 6:1, 6:4, 7:6. Jokovich Avstraliyadan deport qilingani sababli Medvedov musobaqada 1-raqamli tennischi hisoblanadi. U ayni damda ATP reytingida 2-o‘rinni egallab turibdi.

Yana bir rossiyalik raketka ustasi Andrey Rublyov italiyalik Janluka Majer ustidan 6:3, 6:2, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.  

Ayollar o‘rtasida birinchi raqam ostida tasniflangan avstraliyalik tennischi Eshli Barti (WTA 1-o‘rin) saralash orqali asosiy to‘rga chiqqan ukrainalik Lesya Surenkoni 6:0, 6:1 hisobida mag‘lub etib, ikkinchi bosqichga yo‘l oldi. Bellashuv atigi 54 daqiqa davom etdi. Dunyoning birinchi raqamli tennischisi uchinchi bosqichga chiqish uchun italiyalik Lusiya Bronzetti bilan bahs olib boradi.

2021 yilgi “US Open” finalchisi Leyla Fernandes (WTA 24-o‘rin) esa kutilmaganda mezbon tennischi Maddison Inglisgv (133-raqam) 4:6, 2:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi. 1 soat 23 daqiqa davom etgan bellashuv Inglisning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Shuningdek, estoniyalik 26 yoshli Anette Kontaveyt (WTA 7-o‘rin) va chexiyalik Katerjina Sinyakovaga (WTA 47-o‘rin) qarshi kortga chiqib 6:2, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, Avstraliya ochiq chempionatining amaldagi g‘olibi yaponiyalik Naomi Osaka hisoblanadi. O‘tgan yilgi finalda u amerikalik Jennifer Breydini 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eshli Barti Daniil Medvedev Australian open

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing