Temirxo‘ja Abduxoliqov xorij klubiga o‘tdi

Sport

image

Toshkentning "Lokomativ" jamoasi hujumchisi Temurxo‘ja Abduxoliqov faoliyatini boshqa jamoada davom ettiradi.
2015-2016 yilda "Lokomotiv" tarkibida harakat qilib, keyinchalik 2018 yilda yana bir bor jamoaga qaytgan Temurxo‘ja Abduxoliqov BAAning "Xorfakkan" jamoasiga o‘tdi.

Shu vaqt mobaynida hujumchi "Lokomativ" tarkibida barcha turnirlarda umumiy 120 uchrashuvda maydonga tushdi va 64 gol kiritdi. BAA Pro-ligasi debyutanti hisoblangan jamoa ushbu mavsum chempionatning 2 o‘yinida 1 ochko to‘plagan.

Ma’lumot uchun, Temurxo‘ja Abduxoliqov 1991 yilda Toshkentda tug‘ilgan. U "Bunyodkor" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.2011-2014 yilda "Paxtakor" safida o‘ynagan. "Xayduk", "Al-Sayliya" kabi xorij jamoalarida to‘p surgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Temirxo'ja Abduxoliqov xorij Lokomativ

Baholaganlar

63

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing