Telpakni alkotester qilgan YPX xodimi “hayfsan” oldi
Jamiyat
−
18 dekabr 2021
4824Avvalroq Nukusda Yo‘l-patrul xizmati xodimi Z.Madetov bosh kiyimini yechib, haydovchi Q.A.ning spirtli ichimlik iste’mol qilganini aniqlash maqsadida undan puflashini so‘ragani aks etgan video tarqalgani haqida xabar bergan edik.
Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB mas’ul xodimlari tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi natijasi haqida ma’lumot berdi.
Tekshiruv xulosasiga ko‘ra, xizmati mobaynida “Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom” hamda Ichki ishlar vazirining ayrim me’yoriy buyruqlari talablarini buzganligi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB YPX inspektori Z.Madetovga nisbatan "Qattiq hayfsan" intizomiy jazosi qo‘llanilishi belgilangan.
Eslatib o‘tamiz, Sirdaryoda ham shunga o‘xshash vaziyat yuz berdi. YPX xodimi haydovchining ichgan-ichmaganini tekshirish uchun bir martalik stakandan foydalanmoqchi bo‘ldi.
LiveBarchasi