Shapkamga puflang, haydovchi – YPXdagi eskilik sarqiti tarmoqda mazax qilinyapti

3-sahifa

image

Yo‘l-patrul xizmati xodimi bosh kiyimini yechib, haydovchining spirtli ichimlik iste’mol qilganini aniqlash maqsadida undan puflashini so‘ragani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga va kulgiga sabab bo‘lmoqda. 

IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi mazkur holat bo‘yicha rasmiy bayonot bilan chiqdi. 

Qayd etilishicha, ushbu holat joriy yilning noyabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahri, Ye.Alako‘z ko‘chasida joylashgan dehqon bozori oldida sodir bo‘lgan. 

Bayonotda aytilishicha, ushbu hududda xizmat olib borayotgan YPX xodimi Z.Mamedov Matiz rusumli avtomobilni to‘xtatgan. YPX xodimi o‘zaro muloqot vaqtida bosh kiyimini yechgan va haydovchidan puflashini so‘ragan.

Mazkur holat yuzasidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YHXB mas’ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda.

O‘zbekiston YPX xodimlari bilan bog‘liq bunday birinchi marta uchrayotgani yo‘q. Sal avval Jizzaxda YPX xodimlari haydovchining ichgan-ichmaganini stakanga puchlatib tekshirishga uringandi


Maqola muallifi

Teglar

YPX Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi

Baholaganlar

404

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing