Telegram zo‘ravonlikka chaqiruvchi kanallarni bloklaydi

Texnologiya

image

Zo‘ravonlikka chaqiruvchi kanallar Telegram qoidalarini buzgani uchun bloklanadi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi.

"Zo‘ravonlikka chaqiruvchi kanallar... Telegram, Google, Apple va butun sivilizatsiyalashgan dunyo qoidalarini buzgani uchun bloklanadi!" deydi u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bunga joriy yilning 29 oktyabr kuni Maxachqal’a aeroportida Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotgan bir paytda Tel-Avivdan muntazam reys kelishi munosabati bilan ommaviy tartibsizliklar yuz berishi sabab bo‘lgan. Bir necha yuz kishi aeroport binosiga va aerodromga kirib, keyinroq huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan majburan chiqarib yuborilgan. Hodisada 20 dan ortiq kishi, jumladan politsiyachilar yaralangan, 60 nafari qo‘lga olingan. 

Gap shundaki, Davlat Dumasining sobiq deputati Ilya Ponomarev Dog‘istondagi tartibsizliklar “Tonggi  Dog‘iston” Telegram-kanali orqali muvofiqlashtirilganini, hozir esa bloklanganini bildirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Telegram zo'ravonlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing