Telegram Janubiy Koreya hukumatidan uzr so‘radi

Olam

image

Telegram vakillari Koreya Aloqa Standartlari Komissiyasining (KCSC) o‘z platformasidan soxta pornografik kontentni olib tashlash talabini bajardi va uzr so‘radi. Bu haqda “Yonhap” axborot agentligi xabar berdi.

Telegram’ning Sharqiy Osiyo bo‘limi vakili KCSC’ga kompaniya o‘z platformasidan 25 dona shahvoniy materiallarni olib tashlaganini tasdiqlovchi elektron pochta xabarini yubordi.

“Telegram ham ushbu masala bo‘yicha yuzaga kelgan tushunmovchilik uchun uzr so‘radi va kelgusida OAV bilan muloqot qilish uchun eksklyuziv elektron pochta manzilini ulashdi”, deya xabar beradi agentlik.

Koreya Qimmatli qog‘ozlar va birja komissiyasi Telegram’dan platformadagi noqonuniy kontentga yaxshiroq javob berish uchun Janubiy Koreya rasmiylari bilan ishonch telefoni ochishni so‘raganini aytdi.

O‘tgan hafta Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol mamlakatda “raqamli jinsiy jinoyat epidemiyasini yo‘q qilishga” chaqirdi. Janubiy Koreya politsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, bir hafta ichida deepfake texnologiyalaridan foydalanish bilan bog‘liq jinsiy jinoyatlar haqida 88 ta xabar berilgan. 24 nafar gumonlanuvchining shaxsi allaqachon aniqlangan. Tekshiruv doirasida Telegram’da shunga o‘xshash pornografik kontent yaratishga yordam beruvchi sakkizta avtomatlashtirilgan dastur, shuningdek, ushbu materiallar tarqatiladigan guruh suhbatlari kuzatilmoqda.

Janubiy Koreya politsiyasi Telegram’da dastlabki tergovni boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Janubiy Koreya Telegram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made