Rossiyada gripp epidemiyasi tugadi
Olam
−
23 aprel 2020
5773Rossiyada joriy yilning yanvar oyi oxirida boshlangan gripp epidemiyasi tugadi. Bu haqda Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi qoshidagi Gripp ilmiy-tadqiqot instituti xabar berdi.
Institut ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan haftaning 13-19 aprel kunlari gripp va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyalarning umumiy soni 100 ming kishidan 321 nafarga tushdi.
“Bu hafta oldingi holatga nisbatan, gripp bilan kasallanish holatlari va gripp bilan kasalxonaga yotqizilish darajasi pasayishda davom etmoqda”, deyiladi institut bayonotida.
Hozirgi kunda Rossiya hududida grippning geografik tarqalishining kam sonli darajasi aniqlangan.
Institutning ma’lum qilishicha, Rossiyada gripp epidemiyasi tugadi, ammo shu bilan birga, “yoshi kattalar orasida gripp yuqishi ayrim shaharlarda yuqori bo‘lib qolmoqda”.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi oxirida - fevral oyining boshlarida Rossiyada grippning tarqalishi epidemiya, deb e’lon qilingan edi.
LiveBarchasi