Telegram Gonkong masalasida o‘z pozitsiyasini oshkor etdi

Texnologiya

image

Telegram Xitoyning Gonkong maxsus ma’muriy viloyati sudining milliy xavfsizlik qonunchiligiga binoan foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish to‘g‘risidagi so‘rovlarini rad etadi. Bu haqda “Hong Kong Free Press” xabar bermoqda.

Nashrning qayd etishicha, Telegram’dagi bayonot milliy xavfsizlik to‘g‘risidagi qonunning qabul qilinishi tufayli Gonkong aholisi ba’zi tezkor xabarlar va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni rad etishni boshlaganligi fonida qabul qilindi.

"Biz gonkonglik foydalanuvchilarning shaxsiy huquqlarini himoya qilish muhimligini tushunamiz... Telegram Gonkong foydalanuvchilariga tegishli ma’lumotlar bo‘yicha har qanday so‘rovni shaharda davom etayotgan siyosiy o‘zgarishlar to‘g‘risida xalqaro konsensusga erishilmaguncha ko‘rib chiqmoqchi emas", dedi messenjerning texnik qo‘llab-quvvatlash vakili Mixail Ravdonikas.

Ammo u Telegram hukumat bilan terrorizmga aloqador masalalarda hamkorlik qilishini aytdi.

"Agar Telegram sizning terrorchilik faoliyatida gumon qilinayotganingizni tasdiqlovchi sud qarori olgan bo‘lsa, biz sizning IP manzilingizni va telefon raqamingizni vakolatli organlarga oshkor qilishimiz mumkin", deb qo‘shimcha qildi Ravdonikas.


Maqola muallifi

Teglar

Telegram

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing