Telegram endi “kattakonlar” va davlat idoralarining kanaliga reklama qo‘ymaydi – Durov
Texnologiya
−
23 noyabr 2021
7540Telegram reklama platformasidan mansabdor shaxslar va davlat idoralarining kanallarini chiqarib tashlaydi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi.
“Hozir biz amaldorlar va davlat idoralari kanallarini reklama platformasidan chiqaramiz”, degan Durov.
Avvalroq Telegram messenjeri kanallarda reklama joylashni boshlayotgani haqida xabar bergan edik. Reklama beruvchi o‘zi istagan kanalni tanlashi mumkinligi, uning egasi reklamaga ta’sir o‘tkaza olmasligi aytilgandi.
Telegram asoschisi Pavel Durov messenjer reklama qo‘yishni boshlashni e’lon qilganidan ko‘p o‘tmay, kompaniya sahifa egalariga to‘lov evaziga e’lonlarni ularning kanalida qo‘ymaslik imkoniyatini yaratish ustida ish boshlanganini ma’lum qilgandi. Bu xizmat noyabr oyi oxirigacha ishlab chiqilishi kerak edi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda ko‘plab foydalanuvchilarga ega bo‘lgan Telegram davlat idoralari va o‘zbek amaldorlarining messenjerdagi sahifasida reklama paydo bo‘lishni boshlagach, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Komil Allamjonov Pavel Durovning reklama siyosatini tanqid qilib chiqqandi. U Telegram'ni tekinxo‘rlikda ayblagan.
LiveBarchasi