Telegram`da yangi funksiya paydo bo‘ldi

Texnologiya

image

Telegram asoschisi Pavel Durov messenjer foydalanuvchilari uchun izohlar va qidiruv filtrlari funksiyalarini ishga tushirganini ma’lum qildi.

"Biz kanallarda izoh qoldirish funksiyasini qo‘shmoqdamiz. Telegram'ni yangilaganingizdan so‘ng siz ba’zi kanallarda, shu jumladan, ushbu kanalda ham izoh qoldirishingiz mumkin bo‘ladi", deb yozgan Durov o‘zining Telegram kanalida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, izohlar guruh suhbati shaklida bo‘ladi. Lekin, kanalda qoldiriladigan postlar unga biriktirilgan alohida guruhga yoziladi. 

Shuningdek, foydalanuvchilar ovozli xabarlar yoki GIF'lar ham qoldirishlari mumkin, ammo kanal ma’murlari ushbu funksiyalardan foydalanishni cheklash huquqiga ega bo‘ladi. 

Durov yana bir yangi xususiyatni "qidiruv filtrlari" deb nomladi. Uning vazifasi xabarlarni, shuningdek, endi xronologik tartibda bitta lentada taqdim etiladigan media fayllarni qidirishni osonlashtirishdir.

Ma’lumot uchun, Telegram messenjeri 2013 yilda "VKontakte" ijtimoiy tarmog‘ining asoschisi Pavel Durov tomonidan yaratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Telegram

Baholaganlar

1119

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing