Telegram'da uzilishlar sodir bo‘ldi
Jamiyat
−
17 aprel 3967 1 daqiqa
Bugun, 17 aprel kuni soat 21:10 lar atrofida Telegram messenjerida uzilishlar yuzaga keldi.
“Downdetector” xizmati ma’lumotiga ko‘ra, Telegram uzilishi bo‘yicha 6 mingdan ortiq shikoyat qayd etilgan.

Foydalanuvchilarda asosan media fayllar yuklanmasligi va xabarlar yetib kelmasligi bilan bog‘liq muammolar yuzaga kelgan.
Qayd etilishicha, ushbu holat nafaqat O‘zbekistonda, balki boshqa davlatlarda ham kuzatilgan.

Ayni paytda Telegram jamoasi muammodan xabardorligi va hozir hammasi joyida ekani haqida ma’lum qildi.
Live
Barchasi