Telegram’da reklama: Durov kutilgan yangilikni e’lon qildi

Texnologiya

image

Telegram’da reklama paydo bo‘ladi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov ma’lum qildi.  

Ta’kidlanishicha, endi mingdan ortiq odam obuna bo‘lgan barcha kanallarda “sponsored” belgisi bilan xabar paydo bo‘ldi. Ushbu yozuv kanaldagi barcha xabarlarni o‘qigandan keyingina ko‘rinadi. 

Durov reklama foydalanuvchilar uchun deyarli ko‘rinmas bo‘lishini va bundan tashqari, u shaxsiy yozishmalar va guruhlarda, shuningdek chatlar ro‘yxatida bo‘lmasligiga va’da bergan. Uning tushuntirishicha, reklamadan tushgan daromad Telegram’ga foydalanuvchilarga bepul va cheksiz xizmat ko‘rsatishda davom etish imkonini beradi. 

Kanal egalari reklama mazmuniga ta’sir o‘tkaza olmaydi. U kanallar mavzulari asosida shakllantiriladi va tashqi havolalarsiz yoki fotosuratlarsiz faqat qisqa matnlarni o‘z ichiga oladi, shuningdek har bir kanal uchun bitta reklama posti bilan cheklanish mavjud. 

“Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari o‘rganilmaydi”, degan u. 

Ma’lumot o‘rnida, Durov 2020 yilda Telegram’ni qanday qilib monetizatsiya qilish mumkinligi haqida gapirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Telegram Durov

Baholaganlar

507

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing