Koronavirus ustidan g‘alaba qozongan birinchi davlat nomi ma’lum qilindi

Olam

image
Afrikada koronavirusdan 3,3 million odam o‘lishi mumkin – BMT north_east

Afrikada koronavirusdan 3,3 million odam o‘lishi mumkin – BMT

Mavritaniya epidemiya ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qilgan birinchi davlat bo‘ldi. Ushbu Afrika mamlakatida so‘nggi kunlarda bitta ham kasallik holati qayd etilmagan.

Ta’kidlanishicha, shifokorlar oxirgi testlarda koronavirus bilan kasallanganlarni aniqlamadi. Davolanayotganlarning barchasi kasallikdan sog‘aydi. Shu bilan Mavritaniya koronavirus ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qilgan birinchi davlat bo‘ldi.

Umuman olganda, mamlakatda 17 kishi koronavirusga chalingan edi. Ularning bir nafari vafot etdi. 16 nafari esa sog‘aydi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu g‘alabaga hokimiyatning tezkor qattiq karantin choralarini qabul qilgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Mamlakatda birinchi holat 13 mart kuni aniqlangan. Shundan so‘ng zudlik bilan chegaralar yopildi, yig‘ilishlar taqiqlandi, maktablar, restoranlar va bozorlar yopildi. Hukumat tunda komendantlik soati joriy qildi va transportda yurishni taqiqladi.

Lekin, hukumat ushbu vaziyatda, hushyorlikni saqlash kerakligini ta’kidladi. Aholiga doimiy tarzda gigiyena qoidalariga amal qilishni tavsiya qildi. Shuningdek, hukumatning ma’lum qilishicha, koronavirus uchun testlar o‘tkazish davom etadi.


Maqola muallifi

Teglar

Pandemiya Koronavirus Mavritaniyada

Baholaganlar

1997

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing