Eron koronavirusning uchinchi to‘lqinini yengib o‘tdi

Olam

image

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat koronavirus tarqalishining uchinchi to‘lqinini yengib o‘tganini e’lon qildi. Siyosatchi tegishli bayonotni bugun, 17 dekabr kuni qabul qilgan.

“Aholi, tibbiyot xodimlari va safarbar qilingan kuchlar bilan birgalikda olib borilgan umumiy harakatlarimiz natijasida biz koronavirus tarqalishining uchinchi to‘lqinini yengishga muvaffaq bo‘ldik”, dedyi u Eron davlat televideniyasi tomonidan namoyish etilgan nutqida.

Ma’lumot uchun, hozirgi kunga kelib, Eronda koronavirusga chalinganlar soni 1 million 131 077 kishini tashkil etmoqda. Shulardan 844 430 nafari kasallikdan sog‘aygan bo‘lsa, 52 883 nafari vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Pandemiya

Baholaganlar

85

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing