Pandemiya oqibatlari kimga ko‘proq ta’sir qilgani aytildi
Olam
−
09 mart 2021
4990Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyesus koronavirus pandemiyasi oqibatlari ayollarga erkaklarga qaraganda ko‘proq ta’sir qilganini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu, xususan, oiladagi zo‘ravonlikning ortishi va reproduktiv salomatlik xizmatidan foydalanish imkoniyatlarining pasayishi bilan namoyon bo‘ldi.
"Ish joyidagi yo‘qotishlar ham ayollar orasida ko‘proq uchradi", degan Gebreyesus.
Shuningdek, u bolalar va qariyalarga g‘amxo‘rlik qilishning qo‘shimcha yukini ayollar zimmasiga olganini ta’kidlagan.
Bundan tashqari, JSST rahbari dunyodagi sog‘liqni saqlash xodimlarining taxminan 70 foizini tashkil etadigan ayollar pandemiya sharoitida odamlarni davolashda va qutqarishda muhim rol o‘ynaganini qo‘shimcha qilgan.
LiveBarchasi