Afrikada koronavirusdan 3,3 million odam o‘lishi mumkin – BMT

Olam

image
Afrikada so‘nggi 40 yil ichida kuzatilmagan hodisa ro‘y berdi north_east

Afrikada so‘nggi 40 yil ichida kuzatilmagan hodisa ro‘y berdi

Afrikada COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat yomon tarzda rivojlansa, 1,3 milliard odamdan 1,2 milliardi koronavirus yuqtirilishi mumkin. 3,3 millionga yaqin odam esa halok bo‘lishi mumkin. Bu haqda kecha, 17 aprel kuni BMT Afrika iqtisodiy komissiyasi (UNECA) hisobotiga tayanib ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, optimistik taxminlarga ko‘ra, Afrika qit’asida koronavirusdan taxminan 300 ming kishi nobud bo‘lishi mumkin. Karantin va ijtimoiy masofa saqlash qoidalariga qaramay, qit’ada kasallik yuqtirganlar soni 122 millionga yetishi mumkin.

UNECA hisobotida ta’kidlanishicha, qashshoqlik, shaharlarda aholining haddan tashqari ko‘payishi va sog‘liqni saqlash tizimidagi jiddiy muammolari tufayli COVID-19 Afrika uchun juda xavfli dushman sanaladi. Komissiya ma’lumotlariga ko‘ra, testlar, shaxsiy himoya vositalari va davolashda sarflanadigan eng kam xarajat 44 milliard dollar bo‘lishi mumkin. Agar ahvol yomonlashsa, bu ko‘rsatkich 446 milliard dollarga teng bo‘lishi kutilmoqda.

Hisobotda koronavirus pandemiyasi qit’a iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Oqibatda, o‘ta qashshoqlar soni 27 millionga yetishi mumkinligi aytilgan.

Afrika ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, qit’ada 18 441 ta koronavirus bilan bog‘liq holat aniqlangan. Kasallikdan 966 kishi vafot etgan. Bu orada 4344 bemor sog‘ayib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Afrikada

Baholaganlar

245

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing