Ganalik 533 nafar hamkasbiga koronavirus yuqtirdi
Olam
−
11 may 2020
3943Gananing Tema shahrida joylashgan baliqni qayta ishlash zavodi ishchisi 533 hamkasbini koronavirus bilan zararladi. Bu haqda mamlakat Prezident Nana Akufo-Addo ma’lum qildi.
“Bir nafar odam 533 ishchining barchasiga infeksiya yuqtirgan”, dedi u.
Prezidentning qo‘shimcha qilishicha, barchada koronavirusga test o‘tkazish infeksiyani yo‘q qilishning “eng ishonchli usuli”.
Ayni paytda Ganada 4 263 kishida koronavirus aniqlangan. Bemorlarning 22 nafari vafot etgan bo‘lsa, 378 kishi sog‘aygan.
LiveBarchasi