Telegram asoschisi Pavel Durov hibsga olindi
Olam
−
25 avgust
27130Fransiyada Telegram asoschisi Pavel Durov 20 yillik qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Tez orada u Fransiya fuqarosi sifatida sudga chiqadi. Bu haqda TF1 xabar bermoqda.
Telegram xabar almashish xizmati asoschisi va bosh direktori kecha, 24 avgust kuni oqshom Le Burje aeroportida hibsga olingan.
“Telegram – jinoiy tarkib uyasi. Ayni paytda platforma noqonuniy ravishda o‘yinlarni translyatsiya qilish bilan diqqat markazida turibdi. Servisdagi ko‘plab akkauntlardan uyushgan jinoyatchilar foydalanmoqda. Terrorizmdan tashqari, eng xavfli jinoyatchilar Telegramʼdan bolalar pornosini almashish uchun foydalanadi”, deydi tergovchilardan biri.
Telekanal manbasining xabar berishicha, Durov "albatta" hibsga olinadi. U o‘z platformasida hech qanday chora ko‘rmay yoki huquqni muhofaza qilish organlari bilan hamkorlik qilmasdan, son-sanoqsiz qonunbuzarliklar va jinoyatlarga yo‘l qo‘ygan.
LiveBarchasi