Telegram 2023 yilda katta miqdorda zarar ko‘rgan

Bu qiziq

image

2023 yil yakuniga ko‘ra, Telegram’ning zarari 173 million dollarni, daromadi 342 million dollarni tashkil etgan. Bu haqda “Financial Times” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Telegram’ning 2023 yildagi daromadi 342 million dollarni tashkil etgan. Operatsion xarajatlarga 108 million dollar sarflangan va umumiy zarar 173 million dollarga yetgan.  Moliyaviy yo‘qotishlarning bir qismi saytning raqamli aktivlari – Toncoin qiymatining oshishi hisobiga qoplangan. Ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili Telegram balansida taxminan 400 million dollarlik aktivlar mavjud bo‘lgan va 2024 yil boshidan buyon kompaniya 244 million dollarga yaqin miqdorda Toncoin sotgan.

Nashrga ko‘ra, platformaning o‘zi hisobotlarini e’lon qilmaydi. Fransiyada Pavel Durov bo‘yicha boshlangan tergov Telegram’ning kelgusi ikki yil ichida IPO (xususiy kompaniyalarning fond bozori ro‘yxati orqali mablag‘ yig‘ishi) o‘tkazish rejalarini buzishi mumkin, chunki investorlar va reklama beruvchilar platformaga sarmoya kiritishni xohlamaslik ehtimoli bor. Shuningdek, bahorda Durov kompaniyani sotib olmoqchi bo‘lgan investorlar uni 30 milliard dollarga baholaganini ma’lum qilgan.

Ma’lumot uchun, iyul oyiga kelib Telegram’ning oylik auditoriyasi 950 million kishiga yetdi. Pavel Durov hibsga olinganidan keyingi dastlabki kunlarda butun dunyo bo‘ylab iOS platformasida yuklab olishlar soni 4 foizga oshdi. Fransiyada shu kunlarda dastur ijtimoiy tarmoqlar orasida yuklab olish bo‘yicha birinchi o‘ringa va umumiy ro‘yxatda uchinchi o‘ringa ko‘tarildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Parijdagi sud Pavel Durovni 5 million yevro garov bilan ozod qilgan edi. U Telegram’dagi firibgarlarning xatti-harakatlari va messenjerning Fransiya hukumati bilan hamkorlik qilishdan bosh tortishi bilan bog‘liq oltita bandda ayblanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Telegram

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing