Telefon o‘g‘risi 5 yilga “kesilishi” mumkin
Jamiyat
−
14 yanvar 2023 8063 1 daqiqa
Farg‘ona shahrida talonchilik sodir etgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 10 yanvar kuni soat 01:00 larda fuqaro A.A. ko‘chada ketayotgan voyaga yetmagan shaxsga nisbatan yengil zo‘ravonlik ishlatib, qo‘lidagi 300 AQSH dollarlik mobil telefonini tortib olgan. Shundan so‘ng bezori hodisa joyini tark etib, yashirinadi.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona shahar Ichki ishlar organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.
Farg‘ona viloyat Ichki ishlar boshqarmasi yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkinligi haqida qayd etdi.
Eslatib o‘tamiz, Jizzaxda bir dona telefonni bir necha marotaba sotmoqchi bo‘lgan shaxsning qilmishi fosh etilgan edi.
Ozoda Choriyeva
Live
Barchasi