Telefon talashgan aka ukasining qotiliga aylandi
Jamiyat
−
21 avgust 2019
6579Kecha, 20 avgust kuni Olmaliq shahrida o‘zaro janjal natijasida aka ukasining qotiliga aylandi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Olmaliq shahar, Abdulla Qaxxor ko‘chasida yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro M.A. ukasi 2001 yilda tug‘ilgan A.A. bilan uyali telefon apparatini talashib qolib, o‘zaro kelib chiqqan janjal natijasida oshxona pichog‘i bilan ukasining bo‘yin sohasiga bir marotaba sanchib, tan jarohati yetkazgan.
A.A. otasi tomonidan shifoxonaga olib borilayotgan vaqtda, yo‘lda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
M.A. tegishli protsessual tartibda ushlangan.
LiveBarchasi