Samarqanddagi qabul jarayoni muammolari ortidan shahar DXAga yangi rahbar tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Samarqand viloyat boshqarmasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan O‘lmasov Baxtiyor Abrorovich Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

Baxtiyor O‘lmasov shu kunga qadar Samarqand tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Xabaringiz bor, shu kunlarda O‘zbekiston bo‘ylab oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish jarayoni kechmoqda. Bu yil Davlat test markazi tomonidan hujjatlarni qabul qilish jarayoniga ko‘pgina o‘zgartirishlar kiritilgan.

Shu sababdan ayrim OTMlarga hujjat topshirish jarayonida abituriyentlarning uzundan-uzun navbatlari yuzaga kelgan. Bunday holatning kelib chiqishiga DTMning hujjat qabul qilishdagi onlayn tizimida kelib chiqqan nosozliklar sabab bo‘lmoqda. Huddi shunday holat Samarqand davlat universitetida ham kuzatilgani haqida avval xabar berib o‘tgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand Adliya vazirligi DXA

Baholaganlar

19

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing