Tel-Avivda Netanyaxu hukumatiga qarshi yirik namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda

Olam

image

Isroilda Bosh vazir Binyamin Netanyaxu boshchiligidagi yangi hukumat siyosatiga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Jerusalem Post” xabar berdi.

Asosiy yirik namoyish Tel-Aviv shahri markazidagi Habima maydonida o‘tkazilmoqda. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, politsiya ishtirokchilar sonini taxminan 80 ming kishi deb hisoblamoqda.

“Yomg‘irli ob-havoga qaramay, maydon va unga tutash ko‘chalar gavjum. Shu sababli politsiya miting o‘tkaziladigan joyga yaqinlashishni to‘sib, mitingda qatnashmoqchi bo‘lgan yangi odamlarni kiritmaslikka majbur bo‘ldi”, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, kichik miqyosdagi aksiyalar mamlakatning boshqa shaharlarida ham o‘tkazilmoqda.

“Jerusalem Post” xabariga ko‘ra, Quddusda namoyishlar Isroil Prezidenti Isxak Gersog qarorgohi yaqinida ham bo‘lib o‘tgan. Mitingga 1,5 mingga yaqin odam to‘plangan.

Ma’lumot uchun, joriy yilning yanvar oyi boshidan beri mamlakatda Bosh vazir Binyamin Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishlar tez-tez bo‘lib o‘tmoqda. Tel-Aviv markazida 7 yanvar kuni boshlangan birinchi ommaviy mitingda 10 ming ishtirokchi yig‘ilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 1 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan saylovda sobiq Bosh vazir Binyamin Netanyaxuning “Likud” partiyasi 120 o‘rinli parlamentda 32 ta o‘rinni egallagan holda, birinchilikni qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng Quddusda Isroilning Netanyaxu boshchiligidagi yangi hukumati qasamyod qildi. Bir yarim yildan so‘ng bosh vazirlik lavozimiga qaytgan Netanyaxu Vazirlar Mahkamasining 33 a’zosini ommaga tanishtirdi.

Bu Isroil tarixidagi eng o‘ng qanot hukumati bo‘lib, birinchi marta uning tarkibiga o‘ng qanot ekstremistlar va jinoiy javobgarlikka ega odamlar kirdi.


Maqola muallifi

Teglar

namoyish Isroil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing