Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariga “zam”lar tayinlandi

Jamiyat

−

image

Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbariga o‘rinbosarlar tayinlandi. Bu haqda Bosh vazir matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan: 

  • Abdurauf Abduqayumov O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan. Bunga qadar u 2022 yilning fevralidan buyon agentlik direktori o‘rinbosari bo‘lgan.
  • Odiljon Tohirov O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori o‘rinbosari bo‘lgan. Tayinlovdan avval u agentlikda Muvofiqlikni baholash va sifat tizimlarini joriy etish boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlagan.
  • Azamat Abdurahmonov O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Oliy ta’lim vazirining o‘rinbosarlari ishdan olingandi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing