“Texnik nosozlik”. Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan katta miqdorda pul yechib oldi

Jamiyat

image

Bugun, 13 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Soliq qo‘mitasi tadbirkorlardan katta miqdorda asossiz pul yechib olgani haqida xabarlar tarqaldi. Xususan, bir holatda tadbirkordan 200 mln so‘m yechib olingan. Davlat soliq qo‘mitasi ushbu holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, my3.soliq.uz tizimidagi texnik nosozlik tufayli solishtirma dalolatnoma bo‘yicha vaqtincha noto‘g‘ri ma’lumotlar (soliq qarzdorligi paydo bo‘lishi, mablag‘  yechib olinishi va hokazo) aks etishi mumkin.

“Vaziyat nazoratga olingan. Hozirda mutaxassislar mazkur muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Nosozliklar bartaraf etilgach, barcha ma’lumotlar tiklanadi, noto‘g‘ri yechilgan mablag‘lar qaytariladi. Tushunganingiz uchun rahmat!” deyiladi munosabatda.

Bildirilishicha, pulni qaytarish uchun yozma murojaat taqdim etish talab etilmaydi – mablag‘lar avtomatik tarzda qaytariladi.


Maqola muallifi

Teglar

Soliq qo'mitasi Soliq Texnik nosozlik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing