Texasdagi neft zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi (video)
Olam
−
13:57 2834 1 daqiqa
Bugun, 24 mart kuni AQSHning Texas shtatidagi neftni qayta ishlash zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda “The New York Post” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, portlash Port-Artur shahrining g‘arbiy qismida joylashgan korxonada yuz bergan. Hodisa oqibatida osmonga quyuq qora tutun ko‘tarilgan. Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, portlash vaqtida uylar va avtomobillar silkingan. Shahar ma’muriyati o‘z-o‘zini yakkalash (shelter-in-place) tartibini joriy qilgan – aholiga sog‘liq bilan bog‘liq muammolarning oldini olish uchun uydan chiqmaslik tavsiya etilgan. Voqea joyi atrofida kuchli vodorod sulfidi hidi sezilgan.
Jefferson okrugi sherifi Zina Stivensning taxminicha, portlash isitish blokidagi nosozlik tufayli kelib chiqqan bo‘lishi mumkin. Ma’lum qilinishicha, jabrlanganlar haqida ma’lumot tushmagan. Shuningdek, Valero kompaniyasi zavodning barcha xodimlari xavfsiz joyda ekanligini ma’lum qilgan.
Ma’lumot uchun, Valero Port Arthur Refinery zavodi Meksika ko‘rfazi sohiliga yaqin, Luiziana shtati bilan chegara hududda joylashgan. Korxona kuniga taxminan 435 ming barrel benzin, dizel va aviatsiya yonilg‘isi ishlab chiqaradi hamda 770 ga yaqin kishini ish bilan ta’minlaydi.
Live
Barchasi