Texasdagi mehmonxonada yuz bergan portlash oqibatida 21 kishi jabrlandi

Olam

image

AQSHning Texas shtatidagi Fort-Uert shahridagi Sandman mehmonxonasida gaz portlashi oqibatida 21 kishi jabrlandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Taxminlarga ko‘ra, portlashga gaz sizib chiqishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Fort-Uert yong‘in xavfsizligi departamenti vakili Kreyg Troyachekning aytishicha, birinchi yordam xodimlari vayronalar ostida qolgan bir necha kishini qutqargan.

“21 jabrlanuvchidan birining ahvoli og‘ir, yana to‘rt nafari hayot uchun xavf tug‘dirmaydigan tan jarohatlari olgan. Mehmonlar 26 ta xonada joylashgan edi”, deydi Troyachek.

O‘sha vaqtda binoda qurilish ishlari olib borilayotgan bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

portlash mehmonxona Texas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing