Texasda naq 133 ta avtomobil to‘qnashdi. Qurbonlar bor
Olam
−
12 fevral 2021 8794 1 daqiqa
AQSHning Texas shtatida ko‘plab avtomobillar ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda "Dallas Morning News" mahalliy hokimiyatga asoslanib xabar bergan.
Manbaga ko‘ra, hodisa kecha, 11 fevral kuni tonggi soat 06:00 dan so‘ng sodir bo‘lgan.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, hodisada 133 ta mashina to‘qnashgan.
Bir necha soat ichida voqea joyiga 26 ta o‘t o‘chiruvchi, 80 ta politsiya va 13 ta tez yordam mashinalari kelgan.
Hodisa natijasida kamida olti kishi halok bo‘lgan va 65 kishi jarohat olgan. Qayd etilishicha, baxtsiz hodisaga yo‘llarning muzlagani sabab bo‘lgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025