Texasda samolyot halokatga uchradi. Qurbon bor (video)

Olam

image

Kecha, 16 iyun kuni AQSHning Texas shtatida 6 kishini olib ketayotgan kichik biznes samolyoti avtomagistralga qulab, yonib ketdi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.

Rasmiylarga ko‘ra, samolyot Meksikaning Los-Kabos xalqaro aeroportidan uchgan va Laredo xalqaro aeroporti yaqiniga qo‘nish paytida halokatga uchragan. Samolyot qulaganidan so‘ng yonboshlab qolgan va kuchli yong‘in chiqqan. Guvohlar voqea joyida katta tartibsizlik yuz berganini, haydovchilar mashinalarini tashlab, ichkaridagi odamlarni qutqarishga yugurganini aytgan. Ayrimlar bolg‘a va boshqa buyumlar bilan kabina oynasini sindirib, yo‘lovchilarni chiqarishga harakat qilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, samolyotdan uch nafar o‘smir va uchuvchi chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Yana bir hushsiz yo‘lovchini qutqarishga urinishlar bo‘lgan. O‘t o‘chiruvchilar ham yetib borib, samolyot ichida qolganlarni qutqarish ishlarini amalga oshirgan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida kamida 1 kishi halok bo‘lgan, bir nechta odam jarohat olgan. Halok bo‘lgan shaxs samolyot ichida yoki yerda bo‘lganmi, hozircha aniq emas. Ba’zi politsiyachilar va qutqaruvchilar tutundan zaharlanish sababli shifoxonaga olib ketilgan.

Rasmiylar samolyotda texnik nosozlik bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda, biroq aniq sabab hali aniqlanmagan. Hodisa yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Dominikan Respublikasida Gulfstream G200 rusumli xususiy samolyot qulab, yonib ketgan edi. Hodisa oqibatida ikki kishi – uchuvchi va ikkinchi uchuvchi halok bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

halokat samolyot Texas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing