Tebas Mbappeni sotib olishga qurbi yetadigan yagona La Liga klubi nomini aytdi

Sport

image
0:00
0:00
download

La Liga rahbari Xaver Tebas PSJ hujumchisi Kilian Mbappening Ispaniya chempionatiga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

“Buni “Real” hal qiladi. Men uning La Ligada bo‘lishini istardim. Uning talablarini qondira oladigan yagona jamoa bu “Real Madrid”. Men Mbappening “Real”ga o‘tishini xohlayman, chunki bu klub bizning ligada o‘ynaydi”, deydi Tebas.

Mbappe 2018 yildan buyon PSJda o‘ynab kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Mbappe “Real”ga o‘tishga yaqin edi, biroq o‘shanda fransiyalik hujumchi PSJ bilan shartnomani uzaytirishga qaror qilgandi.

Joriy mavsumda Mbappe PSJ safida barcha turnirlarda 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 31 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

La Liga Mbappe Tebas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing