Tehrondan uchgan samolyot favqulodda Toshkentga qo‘ndi

Jamiyat

image

Eronning Tehron shahridan Xitoyning Pekin shahriga uchayotgan samolyot Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bu haqda “Uzbekistan Airports” Matbuot xizmati xabar berdi.

Tehron-Pekin yo‘nalishida IRM079 reysini amalga oshirayotgan Mahan Air aviakompaniyasining samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Samolyot kecha, 28 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 23:20 da Toshkent aeroportiga kelib qo‘ngan.

Bunga yurak xurujiga uchragan yo‘lovchi sabab bo‘lgan. Yo‘lovchining sog‘lig‘i yomonlashgani sababli ekipaj muqobil aerodromga qo‘nishga qaror qilgan.

Aeroportga qo‘ngach, yo‘lovchi tez yordam mashinasida olib ketilgan va malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tibbiy muassasaga yotqizilgan.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Tehron Pekin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made