Tehron Vashingtonni Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaroga “burun suqmaslik”ka chaqirdi

Olam

image

Bugun, 13 aprel kuni Tehron Vashingtonni Isroil bilan o‘zaro hisob-kitoblariga aralashsa oqibati yomon bo‘lishidan ogohlantirdi. Bu haqda "Axios" nashri o‘z manbalariga tayanib, xabar berdi.

Nashrning yozishicha, AQSH ikki davlat o‘rtasidagi mojaroga aralashsa, Eron mintaqadagi Amerika bazalariga hujum qiladi. Nomini oshkor qilishni istamagan amerikalik yuqori martabali insayderning aytishicha,  Eron yetti kishining o‘limiga sabab bo‘lgan Damashqdagi konsullikka hujum uchun AQSHni ham javobgar deb bilishini yashirmagan.

"Gap AQSHning Isroilga Eron tomonidan uchirilgan ballistik raketalarni tutib olishga yordami yoki Isroilning javob zarbasidagi ishtiroki haqida ketmoqda", deyiladi xabarda.

Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, amerikaliklar Isroilning qarshi hujumiga bevosita qo‘shilgan taqdirdagina Eron AQSH bazalariga zarba berishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Isroil yaqin orada Erondan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hujumni kutmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bayden Eronni Isroilga hujum qilmaslikka chaqirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil Tehron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing