TDT sammitida yetakchilar nimalarga kelishib oldi?
Jamiyat
−
06 noyabr
3545Bugun, 6 noyabr kuni Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo davlatlar Davlat rahbarlari kengashining 11-yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha bir qator qarorlar qabul qilindi va ko‘p tomonlama hujjatlar imzolandi. Bu haqda tadbirga raislik qilayotgan Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarovning matbuot xizmati xabar berdi.
Tadbir yakunlari bo‘yicha Tashkilotga a’zo mamlakatlar rahbarlari quyidagi hujjatlarni qabul qildi:
- Turkiy davlatlar tashkiloti 11-sammitining Bishkek deklaratsiyasi;
- Turkiy Yashil Nigohni qabul qilish qarori: Barqaror kelajak uchun birlik;
- Bishkek shahrini 2025 yilda Turkiy davlatlar tashkilotining raqamli poytaxti deb e’lon qilish to‘g‘risidagi qaror;
- Vengriya Bosh vaziri Viktor Orbanni turkiy dunyoning oliy ordeni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qaror;
- O‘zbekiston tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Turk dunyosi Xartiyasini qabul qilish qarori;
- Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi o‘rinbosarlarini tayinlash to‘g‘risidagi qaror;
- Turkiy davlatlar tashkilotining doimiy vakillari to‘g‘risidagi Nizomni qabul qilish to‘g‘risidagi qaror;
- Turkiy davlatlar tashkiloti bayrog‘ini qabul qilish to‘g‘risidagi qaror.
Shu bilan birga, Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari sammiti doirasida quyidagi hujjatlar imzolandi:
- TDT uchun Fuqaro muhofazasi mexanizmini yaratish bo‘yicha kelishuv;
- Raqamli iqtisodiyot sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma;
- Turkiy Yashil moliya kengashini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi;
- Turkiy davlatlarning markaziy banklari kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi memorandum;
- TDT Yerni kuzatish texnologiyasi sun’iy yo‘ldoshini yaratish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi;
- TDTning Buyuk turkiy til modelini ishlab chiqish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi.
Qirg‘iz Prezidenti Sadir Japarov raisligida o‘tgan tadbirda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev ham qatnashdi.
Kun tartibiga muvofiq, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, amaliy sheriklikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
LiveBarchasi