TDT navbatdagi sammiti Qirg‘izistonda o‘tadigan bo‘ldi

Olam

image

Turkiy Davlatlar Tashkilotining navbatdagi sammiti 2024 yilda Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Ostonada bo‘lib o‘tgan tashkilot mamlakatlari rahbarlarining 10-yig‘ilishida aytib o‘tdi. 

“Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi 11-sammiti Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi”, deydi u. 

Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov uning mamlakati 2024 yilda sammit o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qilgan.  

“Qirg‘iziston Respublikasi 2024 yilda respublika hududida navbatdagi TDT sammitini o‘tkazishga tayyor. Fursatdan foydalanib, sizlarni Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadigan 11-TDT yig‘ilishida ishtirok etishga taklif qilmoqchiman”, deydi u. 

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, joriy sammit “inqiroz davrida” o‘tmoqda. 

“Bizda esa siyosiy iroda va salmoqli iqtisodiy salohiyat yordamida o‘z oldimizga qo‘ygan maqsadlarga erishish uchun barcha imkoniyatlar mavjud”, deydi u. 

Japarov, shuningdek, tashkilot doirasida “sayyohlik marshrutlari”ni faolroq ishlab chiqish va Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatini 2025 yilda “turk dunyosining sayyohlik markazi” deb e’lon qilishni taklif qildi. 

Uning fikricha, TDT davlatlari ham iqtisodiy salohiyat va barqaror rivojlanishni rivojlantirish uchun harakat qilishlari kerak. Shu munosabat bilan, Japarovning fikricha, tashkilotga a’zo mamlakatlarning pochta operatorlari o‘rtasida raqamli transformatsiya sohasida o‘zaro hamkorlikni konsepsiyani amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruhlar yaratish orqali kuchaytirish kerak. 

“Sizni turkiy davlatlar ishlab chiqaruvchilari va ishbilarmonlari uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratishga chaqiraman. Biznes-forumlarning o‘tkazilishi qo‘shma loyihalarni amalga oshirishda manfaatlar mavjudligidan dalolat beradi”, deydi Japarov. 

Bu yil O‘zbekiston TDTga raislik qilmoqda. Ostonadagi sammitda Qozog‘iston tomoni tashkilotga kelasi yil raisligini qabul qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Qosim-Jomart To'qaev Sadir Japarov Turkiy davlatlar tashkiloti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing