TDT esdalik tangalari sotuvga chiqdi
Olam
−
08 noyabr
4372Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an 6 noyabr kuni Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining 11-sammitida qatnashgan davlat rahbarlariga sammit uchun maxsus tayyorlangan esdalik tangalarni taqdim etdi. Bu haqda TRT xabar berdi.
Zarbxona va shtamp bosmaxona bosh boshqarmasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2024 yilgi esdalik tanga chop etish dasturi doirasida TDT uchun maxsus esdalik tanga ishlab chiqilgan.
“Turk davlatlari tashkiloti esdalik tangasi dizaynida turk davlatlari o‘rtasidagi chuqur ildiz otgan aloqalar va hamkorlikni ifodalovchi boy detallar mavjud. Esdalik tanganing chop etilishi bilan TDTning xalqaro faoliyati va madaniy qadriyatlari ta’kidlangan bo‘lsa, uning dizaynida turli xil vizual va chizmalar qo‘llanilgan. Dizayn jarayonida TDT logotipini birinchi o‘rinda ushlab turish bilan bir qatorda, vizualdagi boshqa elementlar tashkilot mavzusini aks ettirishga qaratilgan”, deyiladi xabarda.
Esdalik tanganing old tomonida tashkilot logotipi joylashgan bo‘lsa, logotip atrofida 8 qirrali Saljuqiy yulduzi tasvirlangan. Ushbu yulduzning har bir burchagi tashkilot qadriyatlari va falsafasini aks ettiruvchi 8 xil ma’noni anglatadi, jumladan marhamat, shafqat, sabr-toqat, rostgo‘ylik, sir saqlash, sadoqat, saxovat va minnatdorchilik.
Esdalik tanganing orqa tomonida tashkilotga a’zo davlatlar – Turkiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Turkmaniston, Vengriya, Qirg‘iziston va Ozarbayjon bayroqlari aylana atrofida yig‘ilgan va “Tilda, g‘oyada, ishda birlik” iborasi yozilgan. Bu shior ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi moddiy va ma’naviy birlikni anglatadi.
Pul o‘rtasida joylashgan chuqurchalar to‘qimasi mahsuldorlik, mehnatsevarlik va birdamlikni ifodalasa, bu to‘qima ustidagi ikki qo‘lning qo‘l berib ko‘rishishi har bir sohadagi ishonchlilikni, mintaqaviy va boshqa geografiyalar uchun tinchlik va birlik ramziga aylangan tashkilotni aks ettiradi.
Turkiy davlatlar tashkilotining esdalik tangasi diametri 38,61 millimetr, og‘irligi 23,33 gramm bo‘lib, bronza metallga oksidlangan holda bosilgan. Ko‘pi bilan 5 ming dona esdalik tanganing muomala muddati 7 noyabrdan boshlab 2 yil qilib belgilandi.
So‘z yuritilgan esdalik tanga Beshiktoshdagi Mint's Collection do‘konida va emagaza.darphane.gov.tr manzilida 900 liraga sotildi.
LiveBarchasi