Tazyiqqa uchragan xotin-qizlar qator xizmatlardan bepul foydalanadi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezident “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanalida xabar berildi.

Qonunga ko‘ra tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchi sodir etilgan zo‘ravonlik yoki tahdid haqida tegishli organlarga yoxud sudga murojaat etish, bepul huquqiy maslahat, ijtimoiy, psixologik, tibbiy va boshqa yordam olish kabi huquqlarga ega.

Bunda jabrlanuvchi yetkazilgan moddiy hamda ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risida ariza bilan sudga murojaat etganida davlat boji to‘lashdan ozod qilinadi.

Qonunda xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilishni amalga oshiruvchi vakolatli organlar ko‘rsatib o‘tilgan.

Mazkur organlar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanuvchini unga tushunarli tilda himoya mexanizmlari, ko‘rsatiladigan yordam va xizmatlar turlari to‘g‘risidagi axborot bilan tanishtirishi shart.

Xususan, ichki ishlar organlari tazyiq va zo‘ravonlik to‘g‘risida og‘zaki yoki yozma xabar olganda bunday harakatlarga chek qo‘yish va ularning oldini olish yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan yakka tartibdagi chora-tadbirlar ko‘rishi shart.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Maqola muallifi

Teglar

qonun Xotin-qizlar

Baholaganlar

18

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing