Tajimuratov, Kallixanova va Turdanovga qanday ayblov qo‘yilayotgani aytildi

3-sahifa

image

Avval xabar berganimizdek, bugun, 28 noyabr kuni Buxoro viloyat sudi binosida 1−2 iyul kunlari Nukusda sodir bo‘lgan tartibsizliklarda qatnashganlikda gumonlangan 22 kishiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda. 

Nukus voqealariga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud majlisi boshlanishida sudya Ye.Abibullayev ishtirokchilarga sud majlisini o‘tkazish tartibini tushuntirdi.

Shundan so‘ng sud jarayoni ishtirokchilarining ismlari birma-bir e’lon qilindi.

Avvaliga asosiy ayblanuvchilar – Dauletmurat Tajimuratov, Azamat Turdanov va Lolagul Kallixonovalarning ismlari tilga olindi.

•    Dauletmurat Tajimuratov (1979 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, “Yel xizmetinde” advokatlik byurosi advokati, ilgari “Yel xizmetinde” gazetasi bosh muharriri bo‘lib ishlagan) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi (ishtirokchilikda qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish) 4-qismi, 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 3-qismi “a” bandi, 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish), 244-moddasi (ommaviy tartibsizliklar) 3-qismi va 244-1-moddasi (jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallarni tayyorlash, saqlash, tarqatish yoki namoyish etish) 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida;

•    Lolagul Kallixanova (1989 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, "Makan" internet-nashri ma’muri) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi, 244-moddasi 3-qismi va 244-1-moddasi 3-qismi “a”, “b”, “g” bandlarida;

•    Azamat Turdanov (1984 yilda tug‘ilgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, millati – qoraqalpoq, Nukus olimpiya zaxiralari kolleji direktori) Jinoyat kodeksining 28,104-moddasi 3-qismi “a” bandi, 159-moddasi 4-qismi va 244-moddasi 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda ayblanmoqda. 

Sud jarayoni qoraqalpoq tilida olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston voqealari

Baholaganlar

660

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing