Tayvandagi poyezd halokatiga nima sabab bo‘lgani aytildi 

Olam

image

Avvalroq, Tayvan sharqida Xuayalyan okrugi hududi bo‘ylab harakatlanayotgan yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketgani haqida xabar bergandik.  

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu hodisa natijasida umumiy hisobda 54 kishi halok bo‘lgan, 156 kishi yaralangan.  

Xabarlarga ko‘ra, falokat sababi poyezdning yuk mashinasi bilan to‘qnashuvi bo‘lgan. 

Haydovchi uni qo‘l tormozini qo‘ymasdan temir yo‘l yonidagi qiyalikka qo‘ygan. Texnika temir yo‘lga ag‘darilib, poyezd bilan to‘qnashgan. Natijada poyezdning bosh vagonlari relsdan chiqib ketgan va orqa vagonlari tunnel devoriga uchib ketgan.


Maqola muallifi

Teglar

poezd Tayvan'

Baholaganlar

163

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing