Tayvanda zilzila oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, mingdan ortiq kishi jarohatlandi (foto, video)
Olam
−
04 aprel
3240Tayvanda yuz bergan kuchli zilzila oqibatida 1038 kishi jabrlandi. Bu haqda Xitoyning CGTN xalqaro telekanali favqulodda vaziyatlar rasmiylariga tayanib xabar berdi.
Kecha, 3 aprel kuni ertalab sodir bo‘lgan ko‘plab zilzilalardan so‘ng 52 kishi bedarak yo‘qolgan, yana 93 kishi binolar ostida qolgan. To‘qqiz kishi halok bo‘lgan.
Zilzilalar temir yo‘l va metroda uchta avariyaga sabab bo‘ldi. 125 ta bino shikastlangan, 91 mingdan ortiq xonadon elektr ta’minotisiz qolgan.
Ma’lumot uchun, kecha Tayvanda sodir bo‘lgan 7,2 magnitudali zilzila oxirgi 25 yildagi eng kuchli yer silkinishi bo‘ldi. Zilzila epimarkazi Xualyan okrugidan 25 km janubi-sharqda joylashgan. Zilziladan so‘ng 60 dan ortiq aftershok yuz berdi.