Tayvanda zilzila bo‘ldi
Olam
−
16 avgust
2805Bugun, 16 avgust kuni Tayvanning sharqiy qirg‘oqlarida 6,1 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda “First Pos” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, yer silkinishi mahalliy vaqt bilan soat 7:35 da Xualyan shahri yaqinida 15 kilometr chuqurlikda sodir bo‘lgan. Orol hududi markaziy ob-havo boshqarmasi dastlab zilzila magnitudasi 6,3 ni tashkil qilganini ma’lum qilgan. Hukumat mobil aloqa vositalariga vahima qilmaslik va xavfsizlik choralari haqida ogohlantiruvchi signal yuborgan.
Tayvan milliy yong‘in agentligiga ko‘ra, orol ikkita tektonik plitalar orasida joylashgan va shu sababli tez-tez zilzilalarni boshdan kechiradi.
Ma’lumot uchun, joriy yilning 15 avgust kuni ham Tayvanning shimoli-sharqiy mintaqasida 5,4 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi.
LiveBarchasi