Tayvanning mustaqilligini tan olib bo‘lmaydi – Si Szinpin
Olam
−
14 may 3362 2 daqiqa
Tayvan mustaqilligi va mintaqaviy tinchlik bir-biriga mos kelmaydi. Bu haqda bugun, 14 may kuni Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin Pekinda AQSH Prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tdi.
Si Szinpin Tayvan atrofidagi vaziyat haqida gapirar ekan, Tayvan suvereniteti ostida barqaror tinchlik o‘rnatishning imkoni yo‘qligini aytdi. U hudud masalasi Xitoy-AQSH munosabatlaridagi eng asosiy va nozik mavzulardan biri bo‘lib qolayotganini qayd etgan.
Pekin rasmiylari Tayvanni Xitoy Xalq Respublikasining ajralmas qismi deb bilishini yana bir bor eslatib, “yagona Xitoy” tamoyiliga rioya qilish boshqa davlatlar uchun muhim shart ekanini bildirgan. Xitoy tomoni AQSHning Taybeyga qurol sotishini ikki davlat o‘rtasidagi eng murakkab masalalardan biri sifatida ko‘rishini ham ta’kidlagan.
Uchrashuv Pekindagi Xalq yig‘inlari zalida bo‘lib o‘tgan va ikki soatdan ortiq davom etgan. Tomonlar savdo, xavfsizlik va global raqobat masalalarini muhokama qilgan.
Si Szinpin Xitoy va AQSH o‘rtasida umumiy manfaatlar ularning kelishmovchiliklaridan ustun ekanini, hamkorlikni kengaytirish esa ikki davlat uchun ham muhim ekanini ta’kidlagan. U savdo urushlari hech bir tomonga foyda bermasligini aytib, “Fukidid tuzog‘i”dan ehtiyot bo‘lishga chaqirgan.
AQSH Prezidenti Donald Tramp esa Vashington Xitoy bilan o‘zaro tenglik asosida hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirgan. U muzokaralarga bir nechta yirik amerikalik tadbirkorlar ham qo‘shilganini aytgan.
Shuningdek, Oq uy rahbari Xitoyga so‘nggi to‘qqiz yil ichidagi ilk tashrifini amalga oshirayotgani ham qayd etilgan.
Zarnigor Xudoyberdiyeva
Live
Barchasi