Tayvanda 6,4 magnitudali zilzila yuz berdi (video)
Olam
−
21 yanvar
2041Bugun, 21 yanvar kuni Tayvanda 6,4 magnitudali zilzila yuz berishi oqibatida 27 kishi jarohat oldi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
Qayd etilishicha, zilzila Tayvanning janubida soat 12:17 da sodir bo‘lgan bo‘lib, markazi Szyai okrugi ma’muriyatidan 38 kilometr (24 mil) janubi-sharqda, 10 kilometr (6 mil) chuqurlikda sodir bo‘lgan. AQSH Geologiya xizmati zilzilaning magnitudasini 6 darajada aniqladi.
Tayvan shaharlari atrofida yengildan o‘rtachagacha bo‘lgan tarqoq shikastlanishlar haqida xabar qilindi. Tayvanning favqulodda vaziyatlar xizmati 27 kishining yengil jarohat bilan shifoxonaga olib borilganini ma’lum qildi. Ular orasida 1 oylik chaqaloq va yana 6 kishi qulab tushgan uydan qutqarilgandi. Provinsiya shossesidagi Chjuy ko‘prigida shikastlanish qayd etildi.
Hech qanday o‘lim holati qayd etilmagan, biroq qutqaruvchilar shikastlanishlarni baholashda davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning Tibet muxtor okrugida 7,1 magnitudali zilzila sodir bo‘lgandi. Zilziladan keyin seysmologlar 49 ta yer silkinishini qayd etgan.