Tayvan Xitoy bilan ehtimoliy ziddiyatga tayyorlanmoqda

Olam

image

Tayvan Tashqi ishlar vaziri mamlakat 2027 yilga qadar Xitoy bilan ehtimoliy ziddiyatga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytdi. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Tayvan Tashqi ishlar vaziri Jozef Vu LBC telekanaliga bergan intervyusida Xitoyning harbiy tahdidi haqida gapirgan. 

“Biz Xitoyning harbiy tahdidiga juda jiddiy qaraymiz. Menimcha, 2027 yil jiddiy qarashimiz kerak bo‘lgan yil”, deydi u. 

AQSH razvedkasi Si Szinpin Xitoy armiyasiga 2027 yilga qadar Tayvanni anneksiya qilishni buyurganini aytib keladi. Xitoy o‘zini mustaqil deb e’lon qilgan orolni tan olmay, uni mamalakatning bir qismi deb hisoblaydi. Si Szinpin 2012 yilda hokimiyatga kelganidan beri Tayvan “muammo”si avloddan avlodga o‘tishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligini ta’kidlaydi. 

Xitoy Tashqi ishlar vaziri Sin Gan Tayvan bo‘g‘ozining har ikki tomoni Xitoyga tegishli ekani va “Tayvanda olov bilan o‘ynashganlar oxir-oqibat o‘zlari kuyib qolishini” aytgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy rahbari mamlakatini urushga tayyorlayotgani haqidagi taxminlar yangragan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xitoy Tayvan' ziddiyat

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing