Tayson samolyotda yo‘lovchini kaltakladi (video)

Sport

Og‘ir vazn toifasida mutlaq jahon chempioni, amerikalik sobiq bokschi Mayk Tayson San-Fransiskoda samolyotda yuz bergan mojaro natijasida yo‘lovchilardan birining yuziga bir necha marta zarba berdi. Bu haqda TMZ  xabar tarqatdi.

Mojaro Tayson San-Fransiskodan Floridaga uchishi kerak bo‘lgan samolyotda sodir bo‘lgan.

Voqea guvohining aytishicha, qo‘nish chog‘ida Tayson barcha yo‘lovchilarga xotirjam munosabatda bo‘lgan. Jabrlanuvchi avvaliga 55 yoshli amerikalik bilan suratga tushgan, keyin esa orqasiga o‘tirib u bilan gaplashmoqchi bo‘lgan.

Qayd etilishicha, Tayson avvaliga yigitdan bas qilishni so‘ragan va u to‘xtamagach, uning yuziga bir necha marta urib, samolyotni tark etgan. Sportchiga yaqin manbaga ko‘ra, jabrlanuvchi mast bo‘lib, Taysonni qasddan g‘azablantirgan.

Jabrlanuvchiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, so‘ng u politsiyaga murojaat qilgan. Aviakompaniya va bokschi vakillari nima bo‘lganiga izoh berishmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Mayk Tayson

Baholaganlar

2053

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing