Toyota butun dunyodan avtomobillarini chaqirib olmoqda

Olam

image

Joriy yilning 21 yanvar kuni Yaponiyaning Tayota Motor Corp korporatsiyasi butun dunyodan 3,4 million avtomobilini chaqirib olishini ma’lum qildi. Bunga avariya vaqtida mashinalardagi himoya yostiqchalari ochilmay qolayotgani sabab qilib ko‘rsatilgan.

Kompaniya bergan bayonotga ko‘ra, chaqirib olinadigan mashina modellariga 2011-2019 yillarda ishlab chiqarilgan Corolla, shuningdek, Matrix (2011-2013), Avalon (2012-2018) va Avalon Hybrid (2013-2018) kiradi.

Aniqlik kiritilishicha, ushbu avtomobillarga elektron boshqaruv blogi o‘rnatilgan. U elektr nosozliklardan to‘la himoyalanmagan bo‘lib, avariya holatlarida himoya yostiqchalari ochilishini noto‘g‘ri boshqarishi mumkin.

Tayota avtoservisidagi mutaxassislar bunday nosozliklarning oldini olish uchun avtomobillarga maxsus himoya o‘rnatishni rejalashtirishgan.

Sarvar Anvar o‘g‘li


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Yaponiya Tayota

Baholaganlar

162

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing