Tavakkal Qodirovning 100 yilligi UNESCO tomonidan xalqaro darajada nishonlanadi

Madaniyat-san’at

image

UNESCO tomonidan 2026–2027-yillarda nishonlanadigan xalqaro yubileylar ro‘yxatiga Tavakkal Qodirov tavalludining 100 yilligi rasman kiritildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. 

Tavakkal Qodirov tavalludining 100 yilligini 2026–2027-yillarda UNESCO doirasida nishonlanadigan xalqaro yubileylarga ro‘yxatiga qo‘shish bo‘yicha O‘zbekistonning (Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkiya va Turkmaniston qo‘llab-quvvatlovi bilan) taklifi Samarqand shahrida o‘tkazilgan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ma’qullangan edi.  

O‘zbek xalqining ardoqli farzandi, betakror iste’dod sohibi Tavakkal Qodirov 1926 yilning 10 iyunida Farg‘ona viloyatining Quva tumanidagi Sultonobod qishlog‘ida tavallud topgan. 

1989 yilda o‘zbek qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirishga qo‘shgan katta xizmatlari uchun unga “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni berilgan. Tavakkal Qodirov faoliyati davomida Farg‘ona davlat filarmoniyasiga ko‘p yillar rahbarlik qilib kelgan. U o‘z qo‘shiqlari bilan Markaziy Osiyoga katta shuhrat qozongan. Yuzdan ziyod ko‘shiqlari o‘zbek san’atining oltin fondidan joy olgan. 

Hofiz eron, hind, arman, ozarbayjon, uyg‘ur, arab kabi jahon xalqlarining ko‘p tillarida qo‘shiqlar yaratgan. 


Maqola muallifi

Teglar

UNESCO Tavakkal Qodirov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing